Toshkentda marketing agentligi ko‘p, lekin ularning katta qismi bitta ishni bajaradi: kimdir faqat reklama yuritadi, kimdir faqat kontent yozadi, kimdir faqat sayt yig‘adi. Biznes esa uch-to‘rt pudratchi o‘rtasida qoladi va natija uchun kim javob berishini bilmaydi. Reklama ishlamasa, targetolog saytni ayblaydi, saytchi kontentni ayblaydi, kontentchi mahsulotni.
To‘liq tsikl agentligining ma’nosi ham shunda: strategiya, kreativ, video, sayt, reklama va tahlil bitta jamoada bo‘ladi va natija uchun bitta odam javob beradi. Siz bitta odam bilan gaplashasiz, u esa ichkarida hamma jarayonni yig‘adi.
Agentlikni tanlashda portfel go‘zalligiga emas, ikkita narsaga qarang. Birinchisi — hisobot ko‘rinishi: unda ariza soni, ariza narxi va byudjet bo‘lishi shart. Ikkinchisi — kabinet kimniki: reklama kabineti agentlikda qolsa, hamkorlik tugagach siz statistikasiz va auditoriyasiz qolasiz.
Biz ishni doim kichik sinov byudjeti bilan boshlaymiz. Bir necha auditoriya va kreativni sinab ko‘ramiz, eng arzon ariza beradigan bog‘lamni topamiz va faqat shundan keyin byudjetni kattalashtiramiz. Bu yondashuv «hammasini birdan ishga tushiramiz» degan variantdan sekinroq, lekin puli yo‘qolmaydi.